Barcha yangiliklar
Azizobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Gallery image 128882
Gallery image 128883
Gallery image 128884
Gallery image 128885
Gallery image 128886
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
22 Apr 2026
16:02

Azizobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Azizobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyat mudiri U.Bobojonov hamda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 15-Zarmetan saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati N.Isoqov Azizobod mahalla binosida saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan asosan ijtimoiy soha, infratuzilma, kommunal xizmatlar hamda bandlik masalalariga oid murojaatlar bildirildi.

Mas’ullar tomonidan har bir murojaatni atroflicha o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar yuborish hamda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.