Barcha yangiliklar
Hududdagi muammolar o‘rganildi va tegishli choralar belgilandi
Gallery image 128797
Gallery image 128798
Gallery image 128799
Gallery image 128800
Gallery image 128801
Gallery image 128802
Gallery image 128803
Gallery image 128804
Gallery image 128805
Gallery image 128806
Gallery image 128807
Gallery image 128808
Gallery image 128809
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
22 Apr 2026
15:16

Hududdagi muammolar o‘rganildi va tegishli choralar belgilandi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nigmatullayevich "Ko‘rkam" mahallasida o‘rganish olib bordi. Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati mudiri L.Murotova hamda bosh mutaxassisi H.Mirzayevalar deputatga amaliy yordam sifatida birga o'rganish olib borishdi.

Uchrashuv davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda jinoyatchilikni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati hamda hududda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 13¹-moddasiga muvofiq, hududlarda jinoyatchilik holati yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish doirasida olib borildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.