Barcha yangiliklar
Hamkorlik va huquqiy ko‘mak: "Majnuntol" mahallasida muhim uchrashuv
Gallery image 128752
Gallery image 128754
Gallery image 128756
Gallery image 128757
Gallery image 128758
Gallery image 128759
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
22 Apr 2026
15:00

Hamkorlik va huquqiy ko‘mak: "Majnuntol" mahallasida muhim uchrashuv

🤝Tashrif davomida “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

💬Uchrashuvning asosiy maqsadi — aholining huquqiy savodxonligini oshirish va mahalla ahli uchun qonuniy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

🔅Yig‘ilishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:

✔️Fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berish va ularning muammolarini qonuniy hal etish;

✔️Mahalla faollarining huquqiy bilimlarini mustahkamlash;

✔️Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga yordam berishda deputat, mahalla va NTT hamkorligini kuchaytirish.

🫥Uchrashuv yakunida aholi murojaatlari bilan ishlashda “Madad” NTT imkoniyatlaridan keng foydalanish va doimiy hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

💬"Xalq bilan muloqotda va ularning muammolarini hal etishda nodavlat tashkilotlarning imkoniyatlarini birlashtirish — ishimiz samaradorligini yanada oshiradi," — deydi deputat J.Xamroqulov.