Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 128716
Gallery image 128717
Gallery image 128718
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
22 Apr 2026
14:17

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Deputat Umurzoq Yarlakabov murojaati yuzasidan murojaatchi xonadoniga borilib, holat joyida o‘rganildi. Suhbat davomida yoshi ulug‘ onaxon tomonidan xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasida muammo mavjudligi ma’lum qilindi.

Onaxonning bildirishicha, hozirgi kunda xonadon markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanmagan bo‘lib, ichimlik suvidan foydalanishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Mazkur holat, ayniqsa, yoshi ulug‘ fuqaro uchun noqulaylik tug‘dirmoqda.

Shu munosabat bilan onaxon tomonidan xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

Murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlarga masalani ko‘rib chiqish hamda ijobiy hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritilishi belgilandi.