Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 128680
Gallery image 128681
Gallery image 128682
ERKINOVA GULRUH SANJAR QIZI
07 Apr 2026
12:43

Deputat nazorati

 Xalq
deputatlari Ohangaron tuman Kengashi 12-Sanam saylov okrugi deputati Abdullaev Rustam
Rustamovich tomonidan Sanam mahallasi hududida ko‘cha yoritish chiroqlarining holati
bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
 

  

O‘rganish
natijasida mahallada jami 10 ta ko‘cha mavjud ekani aniqlandi. Shuningdek, mahalla
jamg‘armasiga tushgan 10 foizlik mablag‘ hisobidan 7 million 500 ming so‘m mablag‘
yo‘naltirilib, mahalla raisi tashabbusi bilan 127 ta zamonaviy yoritish chiroqlari
o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.
 

  

Mazkur
ishlar aholi uchun qulayliklar yaratish, tungi xavfsizlikni ta’minlash va mahalla
infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.