Barcha yangiliklar
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Gallery image 128612
Gallery image 128613
Gallery image 128614
Gallery image 128615
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
22 Apr 2026
10:34

Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tavsiyalar asosida o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Masharabaeva ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bilan bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Uchrashuvda kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llar holati, ijtimoiy yordam masalalariga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish yuzasidan kelishib olindi.