Barcha yangiliklar
Marg‘ilon shahrida infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan qarorlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Gallery image 128600
Gallery image 128601
Gallery image 128602
Gallery image 128603
Gallery image 128604
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
22 Apr 2026
10:30

Marg‘ilon shahrida infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan qarorlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 Shunday loyihalardan biri sifatida “Terak tagi” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Turon ko‘chasida 1 dona GKTP turdagi transformator o‘rnatish ishlari belgilangan edi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga muvofiq, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini qo‘llab-quvvatlash va hududlarda muhandislik infratuzilmasini yaxshilash doirasida ishlab chiqilgan. Xususan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi VII-14-82-11-168-K/25-son qarorida ushbu vazifa aniq belgilab qo‘yilgan.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan mazkur hududda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida transformatorni o‘rnatish ishlari hali yakuniga yetkazilmagani ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, bunday loyihalar aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, ularni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ayni paytda mazkur masala deputatlar nazoratida.