Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 128444
Gallery image 128445
Gallery image 128446
Gallery image 128447
Gallery image 128448
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
21 Apr 2026
19:59

Kotib

O‘zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining navbatdagi yig‘ilishida tumanda tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, biznesini bozor talablariga moslashtirish hamda moliyaviy savodxonligini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ushbu yig‘ilishda "Madad" NNT vakili ishtirok etib, jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha ariza, taklif va shikoyatlar bilan davlat organlarining ishonch telefonlariga murojaat qilishni aytdi.

 Shuningdek, xududda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, sohada uchraydigan muammolarni yuridik xal etish choralari bo‘yicha murojaat qilish mumkinligi haqida eslatib o‘tildi.