Barcha yangiliklar
Fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi
Gallery image 128357
Gallery image 128358
Gallery image 128359
Gallery image 128360
Gallery image 128361
Gallery image 128362
Gallery image 128363
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
21 Apr 2026
18:08

Fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tuman hokimi-deputat J.Axmedov, deputat F.Axmedov, kotibiyat xodimi N.Kurganova, tuman prokurori o‘rinbosari F.Qosimov va tumanning barcha korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida tumanning “Sijjak” mahallasida fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi. 

🔷Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, mahallaning markaziy qismiga bankomat o‘rnatish, ichimlik suvi hisoblagichlarini o‘rnatish ishlarini nihoyasiga yetkazish, tibbiyot muassasasini tashkil etish, tashqi reklamalarni joylashtirish, avtomobil yo‘llari yoqalarida chakana savdo faoliyatini ko‘rib chiqish, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati, maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini kengaytirish, daydi va qarovsiz hayvonlarni tutib ketish, daryo qirg‘og‘ini mustahkamlash kabi dolzarb masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirdilar.

🔷Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida tushuntirish berish va tezkor chora ko‘rish orqali hal etildi. Muddat talab etiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatildi hamda ijrosi nazoratga olindi.