Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 128354
Gallery image 128355
Gallery image 128356
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
21 Apr 2026
18:07

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida tumanda ijtimoiy sohani rivojlantirish kichik dasturi vazifalari ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borildi.

Xususan, “Yo‘l xarita”ning 9-bandida belgilangan umumta’lim maktablarida “inklyuziv sinflar” tashkil etish masalasi doirasida tumanning “Olmazor” mahallasida joylashgan 9-maktab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur maktabda hozirgi kunda “inklyuziv sinf” tashkil etilmaganligi, shuningdek, ushbu yo‘nalish bo‘yicha tegishli dasturga kiritilmaganligi maktab rahbariyati tomonidan ma’lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shimcha o‘rganishlar olib borish hamda kelgusida “inklyuziv ta’lim”ni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.