Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 128277
Gallery image 128278
Gallery image 128279
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
21 Apr 2026
17:29

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri Xusnara Berdiyarova tomonidan deputat so‘rovlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Boyovut tumani “Suvta’minot” davlat unitar korxonasi rahbari Ulug‘bek Uralov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududlarda ichimlik suvi ta’minoti, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlari asosida yuborilgan deputat so‘rovlari ijrosi holati atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda mavjud infratuzilmani yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar deputat so‘rovlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, fuqarolarning ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolariga tezkor yechim topish hamda kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.