Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 128228
Gallery image 128229
Gallery image 128230
Gallery image 128231
Gallery image 128232
Gallery image 128233
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
21 Apr 2026
16:26

Kengash_faoliyati

🏛“Limonzor” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

✅Xalq deputatlari tuman Kengashiga 17-Limonzor saylov okrugidan saylangan deputati Shaydilov Safar Normurodovich va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Qurbonov Baxtiyorlar tomonidan tumandagi “Limonzor” mahallasida o‘rganishlar olib borildi.

✅O‘rganishlar davomida “mahalla yettiligi” faoliyati tizimli tahlil qilinib, ularning hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. 

✅Mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi tashabbuslar hamda aholi faolligi alohida e’tirof etildi. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

✅Shuningdek, deputat faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishidan kelib chiqib, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi baholandi va kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar va takliflar berildi.