Barcha yangiliklar
Baxmalda qishloq xo‘jaligining yangi bosqichi.
Gallery image 128151
Gallery image 128152
Gallery image 128153
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
21 Apr 2026
15:18

Baxmalda qishloq xo‘jaligining yangi bosqichi.

Baxmalda qishloq xo‘jaligining yangi bosqichi.

 🚜🌾 Baxmal tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda dehqon va fermerlarning bilimini oshirishga qaratilgan ilmiy-o‘quv seminari tashkil etildi.

✅ Seminar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Ernazarov boshchiligida o‘tkazilib, unda soha mutaxassislari, agronomlar va tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Seminarda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

📍 Yer unumdorligini oshirishning ilmiy usullari;

📍 Suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish;

📍 Hudud iqlimiga mos serdaromad ekin turlarini ko‘paytirish.

Muloqot davomida deputat A.Ernazarov qishloq xo‘jaligida faqatgina an’anaviy usullar bilan cheklanib qolmay, ilm-fan yutuqlaridan foydalanish bugungi kun talabi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘zaro tajriba almashishdi.