Barcha yangiliklar
Deputatlar  faoliyatidan
Gallery image 128131
MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
21 Apr 2026
15:06

Deputatlar faoliyatidan

 Deputatlar faoliyatidan 

Qo‘shko‘pir tumani Az-Zamaxshariy ko‘chasida “Ko‘pir” nomli restoraning ochilish marosimi
bo‘lib o‘tdi.
 

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Shuxrat Axmedov, nuroniy deputatlardan S. O‘razmetov X. Ibragimovlar, imom-xatiblar hamda keng
jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
 

Ochilish marosimida deputat S. O‘razmetov so‘zga chiqqib, yangi maskan tumanda xizmat
ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, aholiga qulaylik yaratish va yangi ish
o‘rinlari tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
 

“Ko‘pir” restorani zamonaviy dizayn, milliy va Yevropa taomlari, sifatli
xizmat ko‘rsatish tizimi bilan ajralib turadi. Ushbu maskan aholining maroqli
dam olishi, turli tadbir va uchrashuvlarni o‘tkazish uchun qulay sharoitlarga
ega.