Barcha yangiliklar
“Bir mahalla – bir tashabbus” aksiyasi Parkent tumanida
Gallery image 128056
Gallery image 128057
Gallery image 128058
Gallery image 128059
Gallery image 128060
Gallery image 128061
Gallery image 128062
Gallery image 128063
Gallery image 128064
Gallery image 128065
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
12 Fev 2026
00:00

“Bir mahalla – bir tashabbus” aksiyasi Parkent tumanida

“Bir mahalla – bir tashabbus” aksiyasi Parkent tumanida

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan “Bir mahalla – bir tashabbus” aksiyasi tashkil etildi. 

Unda viloyat deputatlari A.Umaraliyev va M.Nizomiddinov, tuman deputatlari, partiya xodimlari, Yoshlar parlamenti a'zolari, hamda hokimyati vakillari ishtirok etishdi.

Aksiya doirasida mahallalardagi mavjud muammolar aholi bilan bevosita muloqot asosida, joyiga chiqqan holda manzilli va tizimli o‘rganildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Xususan, 12-fevral kuni Parkent tumani Shampan mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 18-sonli umumta’lim maktabida o‘rganishlar olib borildi. Ma’lum qilinishicha, 2026-yilgi reja asosida mazkur maktab binosini kapital ta’mirlash uchun 7 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirda qurilish-ta’mirlash ishlariga doir loyiha-smeta hujjatlari rasmiylashtirilmoqda.

https://t.me/TV_Kengash