Barcha yangiliklar
#deputatlik_faoliyati
Gallery image 128038
Gallery image 128039
Gallery image 128040
Gallery image 128041
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
10 Fev 2026
14:41

#deputatlik_faoliyati

#deputat_faoliyati

Toshkent viloyati Kengashi deputati Umarova Gulira’no Abdumutalovna tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi. Deputat tashrif davomida mahallada yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, hududda istiqomat qilayotgan nizoli oilalar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Ushbu suhbatlar davomida oilaviy kelishmovchiliklarning oldini olish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan aniqlangan muammolar va takliflar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.

https://t.me/TV_Kengash