Barcha yangiliklar
Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Tuproqqal’a tumani filiali tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.
Gallery image 127966
Gallery image 127967
Gallery image 127968
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
21 Apr 2026
14:03

Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Tuproqqal’a tumani filiali tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari asosida filialda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yo‘lga qo‘yilib, ichki nazorat mexanizmlari joriy etilgan hamda mas’ul mutaxassislar faoliyati tashkil etilgan.

Shuningdek, binoda targ‘ibot stendlari o‘rnatilib, fuqarolar uchun ishonch telefonlari va aloqa kanallari yo‘lga qo‘yilgan. Xodimlar ishtirokida muntazam o‘quv-seminarlar hamda profilaktik suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yil davomida yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borilib, 9,1 gektar yer maydoni elektron tizimga kiritildi hamda 0,12 gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqarilishi ta’minlandi.

Mazkur hisobot yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.