Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 127950
Gallery image 127951
Gallery image 127952
Gallery image 127953
Gallery image 127954
Gallery image 127955
Gallery image 127956
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
21 Apr 2026
13:45

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan “Boyqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🚶‍♂️ Shuningdek, saylovchilar bilan uyma-uy yurib, ularning muammolarini o‘rganish va manzilli hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

📋 Uchrashuv yakunida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ko‘tarilgan masalalar ijrosi nazoratga olindi.

✅ Hududlarda aholi bilan muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va tezkor hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.