Barcha yangiliklar
RADAR VA SVETOFOR O‘RNATILISHI NATIJASIDA DOVON KO‘CHASIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI TA’MINLANDI
Gallery image 127901
Gallery image 127902
Gallery image 127903
Gallery image 127904
Gallery image 127905
Gallery image 127906
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
21 Apr 2026
13:09

RADAR VA SVETOFOR O‘RNATILISHI NATIJASIDA DOVON KO‘CHASIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI TA’MINLANDI

Toshloq tumani, Toshloq MFY, Dovon ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar sayyor qabulda ko‘chada avtotransport vositalarining tez harakatlanishi oqibatida turli ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelayotgani haqida murojaat qilishgan edi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, ko‘chada tezlik chegarasi 50 km/soat etib belgilangan bo‘lsa-da, ayrim avtomobillar 70–80 km/soat tezlikda harakatlanib, xavfli vaziyatlarni keltirib chiqarayotgani kuzatilgan.

Mazkur murojaatlar asosida Toshloq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati A.Djurabayev ko‘magi bilan Dovon ko‘chasiga radar hamda svetofor o‘rnatildi. Natijada ushbu hududda avtotransport harakati tartibga solindi.