Barcha yangiliklar
HUDUDDA INFRATUZILMANI YAXSHILASH ISHLARI O‘RGANILDI
Gallery image 127889
Gallery image 127890
Gallery image 127891
Gallery image 127892
Gallery image 127893
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
20 Apr 2026
13:00

HUDUDDA INFRATUZILMANI YAXSHILASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Toirov, kotibiyat bosh mutaxassisi M.Mahmudov hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari A.O‘rmonova tomonidan Guzarboshi mahalla fuqarolar yig‘inida infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni obodonlashtirishga qaratilgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Murabbiy ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilib, aholining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratigan. Shuningdek, ichki yo‘llar asfaltlanib, fuqarolarning kunlik qatnovi uchun qulayliklar ta’minlangan.