Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR IJTIMOIY HIMOYA YO‘NALISHIDAGI ISHLARNI O‘RGANDI.
Gallery image 127795
Gallery image 127796
Gallery image 127797
Gallery image 127798
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
17 Apr 2026
11:57

DEPUTATLAR IJTIMOIY HIMOYA YO‘NALISHIDAGI ISHLARNI O‘RGANDI.

Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Qoraboyeva hamda deputat D.Jo‘rayevalar tomonidan Yuqoriqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ko‘rsatilayotgan yordamlar o'rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan moddiy va ijtimoiy yordamlar, ajratilgan mablag‘ va resurslarning maqsadli sarflanishi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati ham ko‘zdan kechirilib, tegishli tavsiyalar berildi.