Barcha yangiliklar
“YASHIL MAKON” LOYIHASI: TURVATDA YANA BIR YASHIL MASKAN BARPO ETILDI.
Gallery image 127754
Gallery image 127755
Gallery image 127756
Gallery image 127757
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
17 Apr 2026
11:39

“YASHIL MAKON” LOYIHASI: TURVATDA YANA BIR YASHIL MASKAN BARPO ETILDI.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Turvat oilaviy shifokorlik punkti hududida yangi bog‘ barpo etildi. Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi T. Soliyev, tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida hududni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun qulay va sog‘lom sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yangi bog‘ kelgusida soya-salqinlik manbai bo‘lib, bemorlar va tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.