Barcha yangiliklar
Tomorqa — daromad manbai: “Qumqishloq” tajribasi o‘rganilmoqda
Gallery image 127740
Gallery image 127741
Gallery image 127742
Gallery image 127743
Gallery image 127744
Gallery image 127745
Gallery image 127746
Gallery image 127747
Gallery image 127748
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
21 Apr 2026
11:16

Tomorqa — daromad manbai: “Qumqishloq” tajribasi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Farida Yallaqodirova, bosh mutaxassis Alisher Sa’dullayev hamda mahalla yettiligi ishtirokida aholi xonadonlaridagi tomorqa madaniyati ko‘zdan kechirildi.

🌱 Shivit (ukrop) yetishtirib, baraka topayotgan xonadon!

O‘rganishlar davomida “Qumqishloq” mahallasida yashovchi mehnatkash oilalardan birida bo‘lindi. Ushbu xonadon egalari bir qarich yerdan ham unumli foydalanib, ko‘kat (shivit) yetishtirish orqali oilaviy budjetiga salmoqli daromad keltirmoqda.

Deputat va mutaxassislar tomorqadan foydalanishning ushbu samarali usulini yuqori baholab, quyidagilarga e’tibor qaratdilar:

✅ Yerning har bir qarichidan oqilona foydalanish;

✅ Ko‘kat yetishtirishning eksport va ichki bozor uchun ahamiyati;

✅ Shu kabi muvaffaqiyatli tajribalarni boshqa xonadonlarga ham targ‘ib qilish.