Barcha yangiliklar
20-Xonto‘pi saylov okrugida deputat -Kengash raisi Abdullayeva  Barno Sayfutdinovna saylovchilar bilan uchrashib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Gallery image 127737
Gallery image 127738
Gallery image 127739
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
21 Apr 2026
11:09

20-Xonto‘pi saylov okrugida deputat -Kengash raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna saylovchilar bilan uchrashib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

20-Xonto‘pi saylov okrugi deputati, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna o‘z saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi va faoliyati yuzasidan axborot taqdim etdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilmani rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

 Xususan, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, hududni obodonlashtirish hamda aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida erishilgan natijalar alohida ta’kidlandi.

✔️Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi qayd etildi.

 Deputat o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilgan holda, saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borishini bildirdi.

Yig‘ilish yakunida aholi vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar kelgusidagi ish rejalari uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.