Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D. Begmatova hamda kotibiyat mudiri M.G‘oibnazarovlar hududdagi 20-DMTTda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Gallery image 127636
Gallery image 127637
Gallery image 127638
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
17 Apr 2026
10:42

Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D. Begmatova hamda kotibiyat mudiri M.G‘oibnazarovlar hududdagi 20-DMTTda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan qulay va zamonaviy sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha o‘rganildi. 

Shuningdek, muassasada sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda bolalarning sog‘lom ovqatlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilar bilan o‘tkazilgan suhbatda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tashrif davomida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi doirasida muassasada olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi. 

Mazkur yo‘nalishda qonun talablariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda