Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
Gallery image 13566
Gallery image 13567
Gallery image 13568
Gallery image 13569
Gallery image 13570
Gallery image 13571
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
10 Iyul 2024
19:14

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.

Bugun Toshloq tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining navbatdagi 80-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiya ishida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, MFYlar vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduqahhor Djurabayev raislik qildi va olib bordi.

Dastlab, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Kamoliddin Umarovni “2024-2025-yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investisiya dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar” dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.