Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 127586
Gallery image 127587
Gallery image 127588
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
21 Apr 2026
10:31

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining “Beshkapa” saylov okrugidan saylangan deputat Irina Matkarimova saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda “Madad” NNT, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari vakillari ham ishtirok etdi. Tadbir davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, “Madad” NNT vakili tomonidan murojaat qilgan fuqarolarga o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning amaldagi huquqiy mexanizmlari, sud va sudgacha bo‘lgan tartibda murojaat qilish yo‘llari va huquqiy masalalarni hal etishda keyingi harakatlar batafsil tushuntirildi.