Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 127356
Gallery image 127357
Gallery image 127358
Gallery image 127359
Gallery image 127360
Gallery image 127361
Gallery image 127362
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
20 Apr 2026
19:24

DEPUTAT NAZORATI

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 2026-yil 9-apreldagi VII-17-37-8-108-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan, ijtimoiy reyestrga kiritilgan I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oilalar xonadonlarini ta’mirlash holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Xudayberdiyev Umidullo Bokievichning 14-“Ipoq” saylov okrugida tashkil etilib, unda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xo‘janov, deputat Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna, shuningdek kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqovlar ishtirok etdi. 

O‘rganish ishlari “Ipoq” mahallasida olib borilib, mavjud holatlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi hamda tegishli tavsiyalar berildi. 

  Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

  ✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati