Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 127316
Gallery image 127317
Gallery image 127318
Gallery image 127319
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
20 Apr 2026
18:14

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Umarov Ravshan Maxamatjanovich “Mirzakalon Ismoiliy” mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, bolalar maydonchalarining qulay, ko‘rkam va tekis joylarda tashkil etilishi, ularning atrofida sersoya daraxtlar va o‘tirib dam olinadigan hordiq o‘rindiqlar bo‘lishi, jihozlar bolalarning yoshi va qiziqishlariga mos zamonaviy va sodda tuzilishga ega bo‘lishi hamda ularning sanitariya va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan turlari o‘rnatilganlik holati ko‘rib chiqildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan mutasaddilar bilan o‘zaro suhbatlar o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan o‘zaro suhbatlarda bolalar maydonchalari bolalarning o‘z vaqtini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladigan, shuningdek, bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozimligi xaqida ta’kidlandi.