Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 127107
Gallery image 127108
Gallery image 127109
Gallery image 127110
Gallery image 127111
Gallery image 127112
Gallery image 127113
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
23 Yan 2026
00:00

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filial direktorining 2025-yil davomida viloyatda tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida tizimda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda tez tibbiy yordam brigadalari faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Komissiya a’zolari tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig`ilishda Kengash raisi S.Fayziyeva, viloyat Sog'liqni saqlash boshqarma boshlig'i o'rinbosari A.Parpiyev va doimiy komissiya a'zolari ishtirok etishdi.

https://t.me/TV_Kengash