Barcha yangiliklar
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda
Gallery image 127071
Gallery image 127072
Gallery image 127073
Gallery image 127074
Gallery image 127075
Gallery image 127076
Gallery image 127077
Gallery image 127078
Gallery image 127079
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
14 Yan 2026
00:00

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

#bayram_shukuhi 

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyatda bir qator bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Shu kabi tadbirlar doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida viloyat faollari, nuroniylar, xalq deputatlari, hududdagi harbiy tuzilmalar va huquq-tartibot idoralari, boshqarma va tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida Nurafshon shahri markazida joylashgan matonat, sabr-toqat va vatanparvarlik timsoliga aylangan o‘zbek ayoli – Zulfiya aya Zokirova yodgorlik majmuasi poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosidagi tantanali musiqa sadolari ostida yig‘ilganlar Vatanimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar.

Shundan so‘ng tadbir qatnashchilari “Vatanparvar bog‘i”dagi turli harbiy eksponatlar bilan tanishdilar. 

Mazkur tadbirning bayram dasturi Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✅Telegram (https://t.me/toshvilpressa) 🌐Website (https://gov.uz/oz/toshvil) 📹YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCMiOgKk60AhICLacgI_VkUQ)✅Facebook (https://fb.me/toshvilhokimiyat) 🕊Twitter (https://twitter.com/T_vil_hokimligi?t=k6rg0C41HeiS0yO3XRrQIg&s=09)