Barcha yangiliklar
Оliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda
Gallery image 127022
Gallery image 127023
Gallery image 127024
Gallery image 127025
Gallery image 127026
Gallery image 127027
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
19 Dek 2025
00:00

Оliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda

#yalpi_majlis_12

Оliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda

Bugun, 2025-yil 19-dekabr kuni, Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Кengash deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan Qonun (https://senat.uz/plenary-sessions/post-4530)muhokama qilindi

Qonun yangi tahrirdagi Konstitutsiya qoidalarini amaldagi qonun hujjatlari bilan uyg‘unlashtirish zaruratidan kelib chiqib ishlab chiqilgan.

Mazkur hujjatga muvofiq, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari ajratilganligi sababli 9 ta kodeks va 69 ta qonun qayta ko‘rib chiqildi. Vakolatlar mahalliy vakillik va ijro organlari o‘rtasida aniq ixtisoslashtirilmoqda.

Shuningdek, vakillik va ijro organlariga xos bo‘lmagan hamda respublika ijro etuvchi organlar vakolatlarini takrorlovchi 8 ta vazifa bekor qilinmoqda.

Senatorlar Qonun Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarining navbatdagi bosqichini amalga oshirishga, davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelini to‘liq joriy etishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Senat.uz (http://senat.uz/uz) | Facebook (https://www.facebook.com/senatuzb) | Instagram (https://www.instagram.com/senatuzb/) | Youtube (https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81TWNtHQ) | Virtual murojaat (http://murojaat.senat.uz/uz) | Mediateka (https://t.me/senat_OAV) | Yoshlar parlamenti (https://t.me/YP_Senat)