Barcha yangiliklar
“Jadid bobolarimiz” mavzusida “Kelajak soati” darsi
Gallery image 126990
Gallery image 126991
Gallery image 126992
Gallery image 126993
Gallery image 126994
Gallery image 126995
Gallery image 126996
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
16 Dek 2025
00:00

“Jadid bobolarimiz” mavzusida “Kelajak soati” darsi

“Jadid bobolarimiz” mavzusida “Kelajak soati” darsi

Toshkent viloyati Parkent tumani 57-sonli umumta’lim maktabida 10–11-sinf o‘quvchilari hamda maktab pedagoglari ishtirokida “Jadid bobolarimiz” mavzusida “Kelajak soati” darsi tashkil etildi.

“Kelajak soati” darsi doirasida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Muxsiddin Nizomiddinov tomonidan o‘quvchilarga jadidchilik tushunchasi, jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning asosiy g‘oyalari va tarixiy ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Dars jarayonida jadidchilik harakati namoyandalarining ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, ularning milliy uyg‘onish jarayonidagi o‘rni, shuningdek, xalq ta’limi va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi muhokama qilindi.

https://t.me/TV_Kengash