Barcha yangiliklar
#sessiya
Gallery image 126960
Gallery image 126961
Gallery image 126962
Gallery image 126963
Gallery image 126964
Gallery image 126965
Gallery image 126966
Gallery image 126967
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
12 Dek 2025
00:00

#sessiya

#sessiya

Maqbullashtirilgan mahallalar chegaralari tasdiqlandi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyatda maqbullashtirilgan mahallalar chegaralarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi va Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmalari tomonidan viloyat hududidagi mahallalar sonini optimallashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.  

Unga ko‘ra, mahallalar soni 142 taga qisqardi, 178 ta mahalla chegaralariga o‘zgarishlar kiritildi. Viloyat bo‘yicha jami mavjud mahallalar soni 883 ta bo‘ldi.  

Sessiyada davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining ushbu masala yuzasidan bergan hisoboti ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan maqbullashtirilgan mahallalarning chegaralari tasdiqlandi.