Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 126951
Gallery image 126952
Gallery image 126953
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
20 Apr 2026
15:32

Deputat faoliyatidan

“Ko‘rpa” mahallasida yoshlar sporti uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi

Mahallalarda aholi, xususan, yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida umumta’lim maktabining sport zali hamda mavjud sport inshootlari holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi raisi Eshonqulov Eldor Uktamovich tomonidan 5-umumta’lim maktabi sport zalining texnik jihozlanishi,sport anjomlarining yetarliligi, zal sanitariya va xavfsizlik talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

Ushbu jarayonda:

-sport maydonchalari va zallardagi mavjud anjomlar holati;

- bolalar va aholi uchun ochiq maydonlardan foydalanish imkoniyatlari;

- yoritish, isitish tizimlari kabi muhum jihatlar deputat nazoratidan o‘tkazildi.

Yoshlar salomatligi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash — deputat faoliyatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi.