Barcha yangiliklar
Deputat ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi hamda 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berildi
Gallery image 126927
Gallery image 126928
Gallery image 126929
Gallery image 126930
Gallery image 126931
Gallery image 126932
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
20 Apr 2026
15:20

Deputat ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi hamda 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berildi

Chilonzor tumani hokimi o'rinbosari M.Abdukadirov hamda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug'bek Aripovich ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Qabul davomida deputat 11-Ko'tarma saylov okrugiga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga 2026-yilning I- choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi.

 Uchrashuvda mahallalarda yashovchi fuqarolar va yoshlar faol qatnashib, ochiq muloqot tashkil etildi.

 Hisobot davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, murojaatlar asosida bir qator masalalar joyida hal etilib, ayrimlari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o'rganildi, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik davom ettirilishi ta’kidlandi.