Barcha yangiliklar
#deputatlik_faoliyati
Gallery image 126921
Gallery image 126922
Gallery image 126923
Gallery image 126924
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
05 Dek 2025
15:22

#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati 

Toshkent davlat agrar universitetida viloyat va tuman Kengashi deputatlari, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda faol talaba-yoshlar ishtirokida “Ekologik qonunchilik — mening huquq va burchlarim” mavzusida keng qamrovli davra suhbati tashkil etildi.

Muloqot davomida mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklar, xotin-qizlarning ushbu jarayondagi o‘rni va mas’uliyati yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Shuningdek, deputatlar ekologik muammolarni mahalliy darajada hal etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy takliflarini bildirishdi.

Alohida ta’kidlash joizki, mazkur davra suhbati xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni kuchaytirish, ularni ekologik masalalarga befarq bo‘lmaslikka chorlash hamda deputatlar bilan ochiq muloqot platformasini yaratishida muhim ahamiyat kasb etdi.