Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 126898
Gallery image 126899
Gallery image 126900
Gallery image 126901
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
20 Apr 2026
15:11

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi hamda hamkor tashkilot — “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida navbatdagi hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kengash raisi, kotibiyat mudiri hamda deputatlar ishtirok etib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Huquqiy ong – taraqqiyot kafolati” nomli ijtimoiy loyihani amalga oshirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Mazkur loyihaning asosiy maqsadi — tuman aholisi, xususan fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularning o‘z huquq va majburiyatlari yuzasidan huquqiy savodxonligini mustahkamlashdan iboratdir.

Shuningdek, loyihaning mazmun-mohiyati tuman aholisining huquqiy savodxonligini yuksaltirish, ijtimoiy-huquqiy sohaga oid qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirish hamda fuqarolarning huquqni qo‘llash borasidagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilganligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur hamkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishib oldilar.