Barcha yangiliklar
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Gallery image 126885
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
20 Apr 2026
14:59

YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

 YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
 

  

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon
Dadajonova tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari I.Toshpo‘latov nomiga deputatlik so‘rovi
yuborildi. 

🔹 So‘rovda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish,
ularni ommaviy sport tadbirlariga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini
hayotga keng tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor
qaratildi. 

🔹 Shuningdek, hududdagi sport infratuzilmasi, jumladan sport
maydonchalari va inshootlarining holati, ularning aholi uchun ochiqligi va samarali
foydalanilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha atroflicha axborot
taqdim etish so‘raldi. 

🔹 So‘rovda mazkur yo‘nalishdagi
ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom
turmush tarzini targ‘ib qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar
belgilash zarurligi ta’kidlandi.