Barcha yangiliklar
Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 95- sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Gallery image 13443
Gallery image 13444
Gallery image 13445
Gallery image 13446
Gallery image 13447
Gallery image 13448
Gallery image 13449
Gallery image 13450
Gallery image 13451
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
08 Iyul 2024
10:44

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 95- sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 95- sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda bir qator dolzarb masalalar koʻtarildi.
Jumladan, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Erkin Muhiddinovning hisoboti deputatlar tomonidan muhokama etildi.  

Shuningdek, Nurafshon, Angren shaharlari hamda Yuqori Chirchiq tumani hududidagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish hamda ichimlik-oqava suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida koʻrilayotgan choralar sessiya davomida koʻrib chiqilib, masʼullarning hisobotlari boʻyicha ham tegishli qarorlar qabul qilindi.