Barcha yangiliklar
DO‘STLIK MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TARMOQLARI QURILISHI NAZORATDA
Gallery image 126631
Gallery image 126632
Gallery image 126633
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
20 Apr 2026
10:03

DO‘STLIK MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TARMOQLARI QURILISHI NAZORATDA

💧 DO‘STLIK MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TARMOQLARI QURILISHI NAZORATDA

📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Amanov "Do‘stlik" mahallasidagi yangi ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi bilan yaqindan tanishdi.

✅ Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi "2026-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi PQ-393-sonli qarori doirasida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🔹 Qurilish ishlarining sifati va loyiha talablariga mosligi;

🔹 Ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi;

🔹 Aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar.

🚰 Ushbu tizim to‘liq ishga tushgach, "O‘smat" shaharchasi, jumladan, Do‘stlik mahallasi aholisi 100 foiz markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.