Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
Gallery image 126625
Gallery image 126626
Gallery image 126627
Gallery image 126628
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
20 Apr 2026
10:02

DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI

DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi B.Axmadjonov boshchiligida deputatlarning saylovchilar bilan muloqotlarini tashkil etish, fuqarolar qabullarini o‘tkazish hamda davlat dasturlari ijrosini nazorat qilishda amaliy ko‘mak berish maqsadida qabul qilingan “Tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati xodimlari o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoyish ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

🔹 Unda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Rahimov, bosh mutaxassislar O.Dadajonova va A.Eminjonovlar ishtirok etib, kotibiyat bosh mutaxassislariga biriktirilgan deputatlarning “Deputatlik so‘rov”larini tayyorlashga ko‘maklashish, shuningdek, yangi hafta davomida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔹 Ta’kidlanishicha, haftalik ishlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi Kengash qarorlari ijrosini ta’minlashda, shuningdek, hududlardagi muammolarni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.