Barcha yangiliklar
SESSIYA
Gallery image 126587
Gallery image 126588
Gallery image 126589
Gallery image 126590
Gallery image 126591
Gallery image 126592
Gallery image 126593
Gallery image 126594
Gallery image 126595
Gallery image 126596
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
20 Apr 2026
09:26

SESSIYA

Joriy yilning 17-aprel tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

 Sessiya davomida quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi:

▪️ xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish;

▪️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-185-sonli Farmoni ijrosi doirasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;

▪️Vazirlar Mahkamasining 665-sonli qaroriga muvofiq ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026 yil uchun manzilli dastur loyihasini tasdiqlash;

▪️aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan Xalq qabulxonasi axboroti tinglandi;

▪️maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari eshitildi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilinib, ijroga qaratildi.