Barcha yangiliklar
#96_ta_qonun  🎓 Maktabda bola huquqlarini himoya qilishga doir qonun ijrosi o‘rganildi
Gallery image 126515
Gallery image 126516
Gallery image 126517
Gallery image 126518
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
17 Apr 2026
18:06

#96_ta_qonun 🎓 Maktabda bola huquqlarini himoya qilishga doir qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Raximov maktabda o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsiz va sog‘lom muhitda ta’lim olishini ta’minlash, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda maktab va oila hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ota-onalarning murojaat va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur qonun mahalliy Kengashlarning ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganilishi belgilangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)