Barcha yangiliklar
DEPUTAT NIMA BILAN BAND BO‘LADI?
Gallery image 13403
Gallery image 13404
Gallery image 13405
Gallery image 13406
Gallery image 13407
Gallery image 13408
Gallery image 13409
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
06 Iyul 2024
19:50

DEPUTAT NIMA BILAN BAND BO‘LADI?

 DEPUTAT NIMA BILAN BAND BO‘LADI? 

Vaqtlar o‘tar ekan, fuqarolar, qishlog‘u mahallalarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizning barchasi xalq deputatlari tuman Kengashlari faoliyati haqida o‘ylar ekanlar, kim qachon tumanga deputat bo‘lgan, kimlar qanday ish olib borgan, bugungi kunda Kengash faoliyatida qanday o‘zgarishlar, qanday islohotlar olib borilmoqda, bu borada tobora chuqurroq tushunchalarga ega bo‘la boradilar. Masalan, ba’zi odamlarning “deputatlar nima ish qilishadi o‘zi” degan savollarini eshitamiz.

Xo‘sh, deputatlar nima ish qilishlari kerak? Deputat saylovchilari tomonidan saylab qo‘yilgan vakolatli shaxs. U o‘z sohasidagi qonunlarga ko‘ra ish olib boradi va saylov okrugidan saylagan
saylovchilari murojaatlari bilan tanishib borishi, ularning dardu muammolarini yechishga yordam berishi, ijtimoiy soha ob’ektlariga kirib, ularning ish faoliyati, oldilariga qo‘ygan vazifalari bilan tanishishi, mahalla oldida turgan, yechilishi qiyin bo‘layotgan muammolar haqida xabardor bo‘lishi kerak.
 

Men deputat bo‘lgan “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida
ikkita maktab, bitta oilaviy shifokorlik punkti, bitta bog‘cha faoliyat ko‘rsatib kelib, hozirgi kunda 10-umumta’lim maktabi openbyudjet portaliga maktabni ta’mirlash yuzasidan loyiha taqdim etib,
maktab ajoyib holda ta’mirlandi. Ushbu maktabning madaniy-ma’rifiy tadbirlarida qatnashib, o‘quvchilarning bilim darajalari, o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashlari, sinfxonalardagi sharoitlar, ustoz-shogird munosabatlarining tobora yaxshi tomonga o‘zgarib
orayotganining guvohi bo‘layapmiz. Ushbu maktabda nafaqat ilm olishga, balki, san’at, she’riyat, musiqa, rassomchilik, sport sohalarida
ham qobiliyatli shogirdlar yetishtirib chiqarishga bel bog‘lagan ustozlar ko‘p. Misol o‘rnida aytsam, ushbu maktabdan bir o‘quvchi Sevinch Boshmonova Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tgan shoirlar ushoirasida qatnashib, faxriy yorliq olib qaytdi, biri Zarina Qazoqova esa Bolgariyada o‘tayotgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida 20 kunlik o‘quv mashg‘ulot o‘tish uchun hozirgi kunlarda Bolgariyaning Plovdiv shahrida bo‘lib turibdi.
 

51-umumta’lim maktabida ham tartib-intizom, o‘quvchilar
bilan ishlash borasida doim maktab rahbariyati olib borayotgan ishlar bilan tanishib boramiz. 12-maktabgacha ta’lim muassasamiz eka ta’mirlanib, yangi va chiroyli holda bolajonlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
 

Shuningdek, 14-”Yangiobod” saylov okrugiga qarashli “Yangiobod”
mahallasidagi og‘ir toifadagi yoshlar bilan ham ishlayapmiz. Hozirda bu guruhdagi yoshlarga kredit olish, probatsiya guruhida bo‘lsa, undan chiqarish, yoshlarning o‘z yo‘llarini topib ketishlariga ko‘maklashishga harakat qilayapmiz.
 

Azamat TAVBOEV, 

Xalq deputatlari Payariq
tuman Kengashi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari.