Barcha yangiliklar
KREDIT MABLAGʻLARINI AJRATISh MASALALARI TAHLIL QILINDI
Gallery image 126400
Gallery image 126401
Gallery image 126402
Gallery image 126403
Gallery image 126404
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
18 Apr 2026
15:19

KREDIT MABLAGʻLARINI AJRATISh MASALALARI TAHLIL QILINDI

 KREDIT MABLAGʻLARINI AJRATISh MASALALARI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Sharipov kotibiyat bosh mutaxassisi M.Toʻxtasinov bilan birgalikda M.Xasanov mahalla fuqarolar yigʻinida aholiga davlat dasturlari asosida kredit mablagʻlarini ajratish orqali tadbirkorlik faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hokim yordamchisi tomonidan joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qildi. 

Shu oʻrinda ajratilgan kredit mablagʻlari evaziga qurilish materiallari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan fuqarolarning faoliyati manzilli oʻrganilib, ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati va bozordagi talab darajasi oʻrganildi. 

Oʻrganishlar davomida tadbirkorlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot turini kengaytirish va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha maslahatlar berildi.  

Oʻrganishlar yakunida aholini, ayniqsa kam taʼminlangan oilalarni tadbirkorlikka jalb etish ishlarini yanada kuchaytirish boʻyicha tavsiyalarini berdi.