Barcha yangiliklar
BARCHA ISLOHOTLAR INSON MANFAATLARI UCHUN
Gallery image 520
Gallery image 521
Gallery image 522
XASANOVA OYDINXON QAXRAMONJONOVNA
25 Fev 2023
06:10

BARCHA ISLOHOTLAR INSON MANFAATLARI UCHUN

 Jamiyatda fuqarolarning murojaatlariga doimiy e’tibor nihoyatda muhim masaladir. Chunki fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi qancha yuqori bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan muammolar shuncha tez bartaraf etiladi.Bugun Oltinko‘l tuman hokimi, tuman Kengashi raisi M.Obidov Xalq qabulxonasi mudiri I.Yusupov hamda Oltinko'l tumanida o‘tkazilayotgan qabul jarayoniga biriktirilgan vakil B.Joborovlarning fuqarolar bilan qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joylarining ta’mirlash, tibbiyot, moddiy yordam ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi. Qilingan murojaatlar o‘z joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan murojaat yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.