Barcha yangiliklar
#deputat_soʻrovi #deputatlik_faoliyati #jamoatchilik_munosabati #24_tavsiya  Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati tomonidan aholi murojaatlari hamda joylarda olib borilgan o‘rganishlar asosida muhim masala ko‘tarildi
Gallery image 126010
Gallery image 126011
Gallery image 126012
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
28 Mar 2026
11:09

#deputat_soʻrovi #deputatlik_faoliyati #jamoatchilik_munosabati #24_tavsiya Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati tomonidan aholi murojaatlari hamda joylarda olib borilgan o‘rganishlar asosida muhim masala ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #deputatlik_faoliyati #jamoatchilik_munosabati #24_tavsiya

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati tomonidan aholi murojaatlari hamda joylarda olib borilgan o‘rganishlar asosida muhim masala ko‘tarildi.

Andijon shahar Al-Buxoriy MFY hududidagi N.To‘xtasinov ko‘chasida oqava suv tarmoqlari eskirgani, ayrim joylari nosoz holatga kelgani hamda ichimlik suvi quvurlarining ham yangilanishi zarurligi aniqlandi. Mazkur holat aholi uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, hududdagi oqava suv tarmoqlarini ta’mirlash yoki yangilash, shuningdek 400 metr ichimlik suvi quvurlarini yangilash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish so‘raldi.