Barcha yangiliklar
Ijodiy uchrashuv
Gallery image 125861
Gallery image 125862
Gallery image 125863
Gallery image 125864
Gallery image 125865
Gallery image 125866
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
18 Apr 2026
09:51

Ijodiy uchrashuv

#Kitobxonlik #Ijodiy_uchrashuv #A_Ĝoziyev

Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazida “Ijodga baxshida umr” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir mehmoni — Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 3-Neftchilar Istiqlol saylov okrugi deputati ijodkor jurnalist Abdumahmud G'oziyev o‘zining ijodiy faoliyati, jurnalistik tajribasi hamda hayotiy kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida muallifning “Hovli” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Asar mazmuni, yaratilish jarayoni hamda unda yoritilgan hayotiy voqealar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O'quvchilar tomonidan ijodkorning she'rlari o'qildi.Tadbir yakunida ishtirokchilarga muallif tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi. Mazkur uchrashuv ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATING;

kengash.gov.uz t.me/kengash_buloqboshi https://www.facebook.com