Barcha yangiliklar
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TALAB DARAJASIDAMI?
Gallery image 13328
Gallery image 13329
Gallery image 13330
Gallery image 13331
ERKINOV JAXONGIR AKTAMXON O‘G‘LI
02 Iyul 2024
16:53

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TALAB DARAJASIDAMI?

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish borasida muhtaram Prezidentimiz boshchiligida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada tumanimizda ham keyingi paytlarda qilinayotgan tadbirlar e’tirofga loyiqdir. Ayniqsa tashkilot va muassasalarda, bilim maskanlarida ma’naviyat burchaklarining tashkil etilishi ayni muddao bo‘ldi. 

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari 11-Primkent saylov okrugi deputati Diyora Yusupova Press-tur davomida “Oqdaryo ovozi” gazetasi jurnalistlari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi. Press-tur qatnashchilari bilan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida bo‘lib o‘tgan suhbat ham uning qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan mazkur tadbirda ma’naviyat va ma’rifat markazining kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalari haqida ham axborot berildi.